Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirziyoyevning maxsus vakili Ismatulla Irgashev Londonga boradi
Shavkat Mirziyoyevning maxsus vakili Ismatulla Irgashev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro muloqot guruhining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish uchun 29 yanvar kuni Londonga jo‘nab ketadi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev va Tashqi ishlar vazirligining Janubiy Osiyo, Yaqin, O‘rta Sharq va Afrika mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi birinchi kotibi Aslam Akbarov Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro muloqot guruhining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish uchun Buyuk Britaniyaga jo‘nab ketadi. Ushbu yig‘ilish 2 fevralga qadar London shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yil bahorda Afg‘onistonda prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tishi lozim. 14 ming nafar AQSh harbiysining Afg‘onistonda chiqib ketishi mamlakatdagi tinchlik va barqaror rivojlanish sur'atiga ta'sir o‘tkazishi mumkin.
Mavzuga oid
17:17 / 01.05.2022
«O‘zbekiston harbiy texnikalarni Afg‘onistonga qaytarmoqchi emas» - Ismatulla Irgashev
09:47 / 02.02.2019
O‘zbekistonning Afg‘oniston bo‘yicha qat'iy pozitsiyasi ma'lum qilindi
22:50 / 08.11.2018
O‘zbekiston delegatsiyasi Yevroparlamentda Afg‘oniston bo‘yicha anjumanda ishtirok etdi
10:20 / 19.07.2018