Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Google Maps to‘ldirilgan reallik texnologiyasiga ega bo‘ladi
Google Maps foydalanuvchilari yo‘nalishni belgilashda to‘ldirilgan reallik texnologiyasini qo‘llashi mumkin bo‘ladi. The Wall Street Journal'da ma'lum qilinishicha, ilova ko‘chalarning real tasviriga belgi va ko‘rsatkichlar qo‘yib yo‘nalishni aks ettiradi.
Hozircha mazkur funksiyadan faqat ekspertlar foydalanishi mumkin, ular AQSh ko‘chalarida yangi funksiyani sinovdan o‘tkazishmoqda. Ularning safiga qo‘shilish oson: Google'ning maxsus sahifasida ro‘yxatdan o‘tib, muntazam ravishda fikr-mulohazalar bilan bo‘lishish va xaritaga tuzatishlar kiritish kerak bo‘ladi.
Yangi funksiya ishga tushirilganidan keyin u geolokatsiya orqali foydalanuvchi joylashgan nuqtani aniqlaydi va yo‘l ko‘rsatuvchi 3D-ko‘rsatkichlar va belgilar paydo bo‘luvchi joy s'yomkasini ekranda aks ettiradi.
Shunday bo‘lsa-da, bunday ilovadan uzoq vaqt davomida foydalanib bo‘lmaydi. Biroz vaqt o‘tib ekran to‘q rangga kiradi, batareyani tejash va insonlar xavfsizligi uchun shunday yo‘l tutilgan.
Mavzuga oid
18:43 / 20.12.2024
Google Maps fotosurati Ispaniyadagi qotillikni ochishga yordam berishi mumkin
18:43 / 04.12.2024
“GPS’dan o‘lim” – sayohatchilarni muammolarga duchor qilayotgan navigator va xaritalar
20:40 / 07.11.2024
Google xaritalardan Ukrainadagi harbiy obektlar tasvirini olib tashladi
23:40 / 24.09.2020