Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Harbiy kadrlarni tayyorlashda Belarus bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi
O‘zbekiston harbiy sohadagi professor-o‘qituvchi kadrlarning malakasini oshirish, yuqori malakali ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlash va harbiy san'atning dolzarb muammolari bo‘yicha hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va ularning natijalari bo‘yicha harbiy-ilmiy (ilmiy-amaliy) anjumanlarni tashkillashtirish va o‘tkazishda Belarus bilan hamkorlik qiladi. Mudofaa vazirligi matbuot xizmati Kun.uz'ga shu haqida xabar berdi.
25-28 mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri o‘rinbosari – Qurolli Kuchlar akademiyasi boshlig‘i general-mayor Azizbek Ikramov boshchiligidagi harbiy delegatsiya Belarus Respublikasining Harbiy akademiyasida rasmiy tashrif bilan bo‘ldi. Ikki mamlakat oliy harbiy ta'lim muassasalari rahbarlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan muloqot davomida, O‘zbekiston-Belarus harbiy bilim yurtlari o‘rtasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari belgilab olindi.
Uchrashuv yakuniga ko‘ra, tomonlar o‘rtasida professor-o‘qituvchi kadrlarning malakasini oshirish, yuqori malakali ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlash va harbiy san'atning dolzarb muammolari bo‘yicha hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va ularning natijalari bo‘yicha harbiy-ilmiy (ilmiy-amaliy) anjumanlarni tashkillashtirish va o‘tkazish bo‘yicha bayonnoma imzolandi.
Tashrif davomida O‘zbekiston harbiy delegatsiyasi vakillari Belarus Harbiy akademiyasida harbiy kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, kursantlarning sifatli ta'lim olishi, yashashi va mazmunli hordiq chiqarishi, shuningdek harbiy-ilmiy tadqiqotlar bilan shug‘ullanishi uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Mavzuga oid
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
11:00 / 08.06.2026
Isroilda xavfsizlik vaziyati keskinlashishi mumkin - elchixona
08:22 / 05.06.2026
Qaysi davlatlar mudofaa uchun eng ko‘p mablag‘ ajratyapti?
09:01 / 04.06.2026