Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaga ketayotgan migrantlar O‘zbekistonda sug‘urta olishi mumkin bo‘ladi
«Ingosstrax»ning «Ingo-O‘zbekiston» sho‘'ba korxonasi O‘zbekistondan Rossiya hududiga ketayotgan mehnat migranti hayoti va sog‘lig‘i sug‘urtasini yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda TASS «Ingo-O‘zbekiston» bosh direktori Baxtiyor G‘aybullayevga tayanib xabar bermoqda.
Polis bo‘yicha qoplab berish 10 ming dollarni tashkil etadi.
«Biznesni kengaytirish maqsadida kompaniya ijtimoiy yo‘naltirilgan mahsulotni taqdim etmoqda - bu Rossiya Federatsiyasiga mehnat migrantlari sifatida ketayotgan fuqarolarimizning hayoti va sog‘lig‘ini sug‘urta qilish. So‘nggi vaqtlarda yo‘lda, ayniqsa, Qozog‘istonda juda ko‘p baxsiz hodisalar kuzatilyapti. Sababi ko‘plab fuqarolarimiz avtobusda, yer usti transportida ketishmoqda va yo‘llar Qirg‘iziston orqali Qozog‘iston hududidan o‘tadi. OAV xabar berganidek, u yerda avtobusda yong‘in yuz berdi hamda ko‘plab insonlar halok bo‘ldi. Fuqarolarning mehnat faoliyati joyiga qadar aynan shu yo‘l ma'lum bir xatarga ega», - dedi u.
«U yerda evakuatsiya bo‘yicha qoplab berish, fuqarolarimiz bilan baxsiz hodisa sodir bo‘lgan taqdirda repatriatsiya asosiy xatarlar sanaladi», - dedi u. Shuningdek, sug‘urta shoshilinch tibbiy yordam, birlamchi stomatologik yordam uchun xarajatlarni qoplaydi.
G‘aybullayevning so‘zlariga ko‘ra, polis o‘rtacha narxi 30 kunlik muddatga 9 dollarni tashkil etadi. «Ular Rossiya Federatsiyasiga borib, mehnat faoliyatini amalga oshirishi uchun patent olishiga bir oy yetadi. Rossiya Federatsiyasi qonunchiligiga muvofiq patent olingach, majburiy tibbiy sug‘urta bilan sug‘urtalanadi, ixtiyoriy tibbiy sug‘urta ham nazarda tutilgan», - dedi u.
Mavzuga oid
08:45
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
22:09 / 08.06.2026
«Gazprom» O‘zbekistonga eksportni 15 foizga oshirganini ma’lum qildi
20:34 / 08.06.2026
Xominaiy o‘ldirilgach, Rossiyada Putinni qo‘riqlash uchun yaratilgan kuzatuv tizimi o‘chirib qo‘yildi
18:06 / 08.06.2026