Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevroittifoq maxsus vakili Termiz va Orolbo‘yi mintaqasiga tashrif buyuradi
Yevropa ittifoqi delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyuradi, deb xabar qilmoqda Tashqi ishlar vazirligi.
Qayd etilishicha, 2019 yilning 1 aprel kuni Yevropa ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Piter Burian va Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Roland Kobia boshchiligidagi YeI delegatsiyasi O‘zbekistonga keladi.
Tashrif doirasida O‘zbekiston rasmiylari bilan muzokaralar o‘tkazish, Termiz shahri va Orolbo‘yi mintaqasida bo‘lish rejalashtirilgan, deyiladi xabarda.
Shuningdek, ishbilarmon doiralar va ekspertlar jamoatchiligi bilan uchrashuvlar o‘tkazish kutilmoqda.
Mavzuga oid
18:39 / 03.11.2025
Yevropa ittifoqi O‘zbekistonda kinofestival o‘tkazadi
20:22 / 17.09.2025
Yevroittifoq sharqiy chegaralarda «dron devori» barpo etilishini tezlashtirmoqda
20:25 / 20.06.2025
Yevropa davlatlari Eron bilan Isroilni tinchlantirishga harakat qiladi
09:20 / 02.03.2024