O‘zbekiston | 13:44 / 31.03.2019
28740
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdagi yana bir jome' masjidi qaytadan qurildi

Toshkent shahar Mirobod tumanida joylashgan «Valixo‘ja o‘g‘li Norxo‘ja» jome' masjidida qayta ta'mirlash ishlari o‘z nihoyasiga yetgani munosabati bilan 30 mart kuni binoning ochilish tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Ibrohimjon Inomov, Toshkent shahar bosh imom-xatibi Rahimberdi Rahmonov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi masjidlar bo‘limi mudiri Muhammadnazar Qayumov, tuman bosh imom-xatiblari hamda ko‘plab mahalliy aholi vakillari qatnashdi.

«Tadbir Qur'on tilovati va xayrli duolar bilan boshlanib, tashrif buyurganlarga ehson dasturxoni yozildi», — deyiladi Azon.uz xabarida.

Toshkent shahrining Fayziobod mahallasida joylashgan «Valixo‘ja o‘g‘li Norxo‘ja» jome masjidi dastlab 1962 yilda qurilgan. Sobiq ittifoq davrida masjid deyarli faoliyat yuritmagan. 1991-1992 yillarda Fayziobod mahallasida istiqomat qilgan Valixo‘ja o‘g‘li Norxo‘ja hojining xayrli tashabbusi hamda mahalla ahli va faollari ishtirokida hashar yo‘li bilan qayta tiklanib, ta'mirlangan. 1997 yilda masjidga «Valixo‘ja o‘g‘li Norxo‘ja» jome masjidi nomi berilgan. 1999 yildan jome masjid sifatida faoliyat ko‘rsata boshlagan.

2017 yilning dekabrida mazkur masjidni yangidan qurish ishlari boshlangandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid