Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Madaniy meros departamenti tashkil etildi
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti faoliyatini tashkil etish hamda moddiy madaniy meros obektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishga oid ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Moddiy madaniy meros obektlarni muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018 yil 19 dekabrdagi PQ-4068-sop qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzurida Madaniy meros departamenti tashkil etilgan.
Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamentining tashkiliy tuzilmasi;
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti markaziy apparatining boshqaruv xodimlari umumiy cheklangan soni 25 nafardan iborat tuzilmasi;
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniy meros boshqarmalarining boshqaruv xodimlari umumiy cheklangan soni 3-10 nafar, jami 74 nafar, ulardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi O‘zbekiston davlat filarmoniyasining xodimlar sonini maqbullashtirish hisobidan shakllantiriladigan xodimlar soni 15 nafar bo‘lgan namunaviy tuzilmasi tasdiqlandi.
Belgilab qo‘yilishicha:
a) Departament va uning hududiy boshqarmalarini saqlash xarajatlari ularning budjetdan tashqari o‘z daromadlari va O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamentining Madaniy meros jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi, ularning xarajatlari uchun ushbu manbalardan mablag‘larning yetishmagan qismi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan Madaniyat vazirligiga ajratiladigan mablag‘lar hisobiga qoplanadi;
b) Departament va uning hududiy boshqarmalari xodimlariga:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar hamda respublikaning budjet muassasalari va tashkilotlarida ish haqi miqdorlarini oshirish to‘g‘risida” 1995 yil 16 avgustdagi PF—1213-son Farmoniga muvofiq budjet muassasalari va tashkilotlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash fondining 15 foizi miqdorida moddiy rag‘batlantirish maxsus fondi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq to‘lashning tarif setkasini joriy etish to‘g‘risida” 1996 yil 12 apreldagi 147-son qarorida nazarda tutilgan mukofotlash va moddiy yordam ko‘rsatish tartibi, shuningdek, mazkur qarorga 2 va 10-ilovalar (mehnatga haq to‘lash bo‘yicha 1-guruh) bilan tasdiqlangan Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lash razryadlari;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat xizmatchilarining lavozim maoshlariga yigirma foizli ustama haq belgilash to‘g‘risida” 1997 yil 3 iyuldagi 339-son qarori bilan belgilangan lavozim maoshlariga 20 foizli ustama haq tatbiq etiladi;
v) O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obektlarini asrashga doir ishlarni amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi “Obektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy ta'mirlash bo‘yicha buyurtmachi xizmati” davlat muassasasi buyurtmachi hisoblanadi;
g) moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obektlarini asrashga doir ishlar bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekspertizasi O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” davlat unitar korxonasi tomonidan o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
10:18 / 11.03.2026
Poytaxtda turizm va madaniyat yo‘nalishiga yangi rahbar tayinlandi
12:22 / 22.01.2026
Urgutdagi bino buzilishiga Madaniy meros boshqarmasi va hokimlik izoh berdi
13:00 / 11.12.2025
Qoraqalpoq o‘tovi YuNeSKO nomoddiy madaniy merosining Reprezentativ ro‘yxatiga kiritildi
16:13 / 05.12.2025