Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2019 yilda O‘zbekistondagi o‘nga yaqin kompaniya ilk bor IPO o‘tkazadi
O‘zbekiston kapital bozorini rivojlantirish agentligi 2019 yilda aksiyalarini dastlabki ommaviy joylashtiradigan (IPO) davlat kompaniyalari ro‘yxatini tuzdi. Bu haqda agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari Asqar Obidov ma'lum qildi.
«Korxonalarning aniq ro‘yxati tuzildi. Biz yil oxiriga qadar 10tadan kam bo‘lmagan kompaniya IPO jarayonini o‘tkazishini kutmoqdamiz. Hech bo‘lmaganda - olti kompaniya», – dedi u kapital bozori vakillari bilan town hall meeting uchrashuvida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bular «investorlar uchun haqiqatan talabgir va qiziqarli aksiyalar paketi»dir. Obidov aynan qaysi kompaniyalar ekanligini ma'lum qilmadi.
O‘zbekiston tarixida ilk bor tajriba tariqasida «Kvars» AJ 2017 yil dekabrida «Toshkent» fond birjasida IPO o‘tkazgandi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qaroriga muvofiq, O‘zbekiston metallurgiya kombinati (O‘zmetkombinat), Olmaliq va Navoiy tog‘-metallurgiya kombinatlari yaqin yillar ichida IPO o‘tkazishi lozim.
IPO (inglizcha - Initial Public Offering) aksiyadorlik jamiyati aksiyalarini cheklanmagan miqdordagi shaxslarga dastlabki ommaviy sotishni bildiradi.
Mavzuga oid
12:25 / 22.05.2026
IPO nima va UzNIF aksiyalarini qanday sotib olish mumkin?
08:34 / 21.05.2026
SpaceX IPOʻsi tarixiy rekord o‘rnatishi mumkin
23:05 / 20.05.2026
“Rivojlangan kapital bozorisiz turmush darajasini yaxshilay olmaymiz” - Iqtisodiyot vazirligi
14:43 / 18.05.2026