O‘zbekiston | 08:34 / 02.04.2019
34393
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi?

Foto: KUN.UZ

2 aprelda respublikaning shimoliy tumanlariga Kaspiy dengizidan Turkmaniston orqali nam va deyarli iliq havo massalari kirib keladi, buning natijasida Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

FVV xabariga ko‘ra, O‘zbekistonning qolgan hududlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Kunduzgi havo harorati 20-25 daraja issiqqacha ko‘tariladi.

3 aprelda respublikaning qolgan hududlariga beqaror ob-havo tarqaladi, O‘zbekistonda yomg‘ir yog‘adi, ba'zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi 10-15 daraja, kunduzi 17-22 daraja iliqni tashkil etadi.

1-3 aprelda shamol tezligining 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

4 aprelda respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi saqlanib turadi, faqat Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi 7-12 daraja, kunduzi 17-22 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

5 aprelda respublika bo‘yicha yomg‘ir asta-sekin kuchsizlanadi. O‘zbekistonda havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

6 aprelga yog‘ingarchiliksiz ob-havo o‘rnashadi. Havo harorati kechasi 7-12 daraja, kunduzi 17-22 daraja atrofida bo‘lishi saqlanib turadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid