Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdulla Aripov va Qohir Rasulzoda Termizda uchrashadi
Termiz shahrida O‘zbekiston - Tojikiston uchrashuvi bo‘lib o‘tadi, deb xabar qilmoqda Tashqi ishlar vazirligi.
Qayd etilishicha, 2019 yilning 3 aprel kuni Termiz shahrida O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov va Tojikiston Respublikasi bosh vaziri Qohir Rasulzoda rahbarligida Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning 6-yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Tadbirda ikki mamlakat Hukumati delegatsiyalari tomonidan Hukumatlararo komissiyaning 5-yig‘ilishi davomida erishilgan kelishuvlarning amaliy natijalari sarhisob qilinadi.
Shuningdek, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, energetika, madaniy-gumanitar hamda qishloq va suv xo‘jaligi sohalarida hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi.
Mavzuga oid
17:03 / 23.05.2026
Termizda quruvchiga 217 tup daraxtni kesib tashlashda yordamlashgan sobiq mansabdor jazoga tortildi
08:34 / 16.04.2026
Surxondaryoda mansabdorning pul talab qilish rejasi fosh etildi
22:53 / 13.04.2026
Rossiya O‘zbekistonga neft va gaz yetkazib berish hajmini oshirishini ma’lum qildi
21:06 / 27.03.2026