O‘zbekiston | 11:33 / 04.04.2019
11497
1 daqiqa o‘qiladi

Pensiya hisoblash uchun ish haqi to‘g‘risidagi ma'lumotnoma onlayn beriladi

Foto: Shutterstock

YaIDXPda Davlat soliq qo‘mitasining yangi xizmati joriy etildi, deb yozmoqda Norma.
 
Fuqarolarga hisoblangan ish haqi to‘g‘risidagi ma'lumotlar avtomatik rejimda taqdim etiladi. Portalda ko‘rsatilishicha, xizmat bir zumda va bepul ko‘rsatiladi.
 
Vazirlar Mahkamasining 1.02.2019 yildagi «Fuqarolarning pensiyalarini hisoblash uchun zarur bo‘lgan hisoblangan ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritishni joriy etish chora-tadbirlari haqida»gi 80-son qarori xizmat joriy etilishi uchun asos bo‘ldi. Unda Hisoblangan ish haqini hisobga olish reyestrini shakllantirish va davlat interaktiv xizmatini joriy etish nazarda tutilgan edi.  
 
Murojaat qiluvchi davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yilmagan taqdirdagina xizmat ko‘rsatishni rad etishlari mumkin.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid