Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryo viloyatida agrosanoat klasteri tashkil etiladi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Sirdaryo viloyatida agrosanoat klasterini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori loyihasi joylashtirildi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Sirdaryo viloyati hokimligi, «Industrial Innovation Group LLC» (Birlashgan Arab Amirliklari) va «RS Success Agro» (O‘zbekiston) kompaniyalari alyansining:
Sirdaryo viloyatida agrosanoat klasterini tashkil etish;
Sirdaryo viloyatida texnik kanop, sellyulozali mahsulotlar va almashlab ekishda ishtirok etuvchi boshqa turdagi ekinlarni yetishtirish uchun 2019 yilda 5 798 gektar maydonni ajratish hamda uni 5 yil davomida 25 ming gektarga yetkazish to‘g‘risidagi takliflari ma'qullanishi mumkin.
2019–2023 yillarda alyans tomonidan amalga oshiriladigan investitsiya loyihasining prognoz ko‘rsatkichlari tasdiqlanadi.
Sirdaryo viloyati hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi bilan birgalikda:
bir oy muddatda belgilangan tartibda 5 798 gektar yer maydonlarining «RS SUCCESS AGRO» kompaniyasiga ajratilishini ta'minlaydi;
ushbu qarorning ilovasida ko‘zda tutilgan loyihani amalga oshirish uchun talab etiladigan yer maydonlarini «RS SUCCESS AGRO» kompaniyasiga ajratilishini ko‘zda tutadi.
Belgilab qo‘yilishicha, investitsiyaviy majburiyatlar bajarilmagan, mazkur qaror asosida taqdim etilgan yer uchastkalari ishlatilmagan yoki ulardan maqsadli va oqilona foydalanilmagan yoxud tuproq unumdorligining pasayishiga, kimyoviy va radioaktiv ifloslanishiga, atrof-muhitning buzilishiga olib keluvchi usullardan foydalanilgan taqdirda yer uchastkasiga egalik qilish va undan foydalanish huquqi qonun hujjatlari talablariga muvofiq tugatiladi.
Belgilanishicha:
fermerlar uchun ko‘zda tutilgan lizing bo‘yicha qishloq xo‘jaligi texnikalarini xarid qilish, mineral o‘g‘itlar, urug‘, yoqilg‘i-moylash materiallari, kimyoviy o‘simliklarni himoya qilish vositalari va boshqa moddiy resurslarni yetkazib berish shartlari va tartib-qoidalari «RS SUCCESS AGRO» kompaniyasi uchun ham tatbiq etiladi;
«RS SUCCESS AGRO» kompaniyasi milliy valutadagi mablag‘larni to‘plashi va ularni moliya-xo‘jalik faoliyati va ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun taqsimlashi mumkin;
o‘zi ishlab chiqargan mahsulotni sotish aylanmasiga aloqador bo‘lmagan olinadigan va beriladigan pul mablag‘lari va mol-mulklar hamda sof foydani taqsimlanishi soliqqa tortish obekti hisoblanmaydi.
«RS SUCCESS AGRO» kompaniyasiga quyidagi huquqlar beriladi:
hududiy shart-sharoitlarini hisobga olgan holda sellyulozali o‘simliklarning seleksiya navlarini mustaqil ravishda olib kirish va joylashtirish, ilmiy asoslangan almashlab ekish, suv va resurs tejovchi texnologiyalarni joriy etish;
o‘z mahsulotlarini erkin tasarruf qilish, narx siyosati va sotish, shu jumladan eksport qilish hajmlarini mustaqil belgilash.
Loyiha doirasida «RS SUCCESS AGRO» kompaniyasini o‘z ehtiyojlari uchun alyans korxonalari tomonidan import qilinadigan O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan: urug‘lar, uskunalar, maxsus transport vositalari va texnika, jumladan, butlovchi qismlar, xomashyo va materiallar, qurilish materiallari, issiqxona komplekslari uchun bojxona to‘lovlaridan (bojxona yig‘imlaridan tashqari) ozod qilinadi.
Bundan oldin, Namanganda yirik agrosanoat klasteri paydo bo‘lishi, uning mahsulotlari qator vazirliklarga yetkazib berilishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
10:45 / 12.05.2026
Fermerlar uchun dizel yonilg‘isi bo‘yicha subsidiya joriy etildi
09:57 / 12.05.2026
Paxta va bug‘doy yetishtiruvchilarga yangi moliyaviy imtiyozlar beriladi
22:59 / 05.05.2026
"Singlimni xo‘rlashgan": Sirdaryodagi mudhish qotillik haqida reportaj
19:28 / 01.05.2026