Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kun hadisi: Iymondan keyingi amal, unga sodiqlikdir
“Kun hadisi” dasturining bugungi sonida taqdim etiladigan hadis mazmuni “Istiqomatning ahamiyati”, deb nomlanadi. Bu mavzu haqidagi hadisni Toshkent shahridagi “Katta Qozirobod” masjidi imom-xatibi Abduqahhor Yunusov sharhlab berdi.
YouTube
Tas-IX
Sufyon ibn Abdulloh (r.a) rivoyat qiladilar:
“Rasululloh sallollohu alayhi vasallamga dedim: “Yo Rasululloh! Menga Islomga taalluqli bir so‘z ayting, toki u haqida sizdan boshqasidan so‘ramay”. Rasululloh sallollohu alayhi vasallam javoban aytdilar: “Allohga iymon keltirdim deb ayt, so‘ngra esa to‘g‘ri bo‘l”.
Hadisdagi “istiqomiyat”dan murod, qoim turish, to‘g‘ri yurish, umrni to‘g‘ri sarflash. Shu ma'noda ham tushunish mumkin bo‘ladi. Ya'ni, iymonga berilgan va'daga muvofiq, ana shu va'daning ustidan turishlikka bu hadis bizni chaqiryapti. Bu Rasululloh sallollohu alayhi vasallamdan keyin dastur bo‘lib qolyaptiki, iymondan keyingi amal, shu iymonga sodiqlik.
Chunki iymonda sodiq bo‘lib turishning ma'nolaridan biri, buyurilgan amallarga, halolni halol, haromni harom deb yashashlik. Bu ham istiqomatda, ya'ni iymonda davomiy turishlikka dalolat qiladi. Demak yuqoridagi hadisdan ma'no, halol va haromning o‘rtasini farqlashda mustahkam bo‘lish, insonlarga aziyat berishdan o‘zini ehtiyot qilish, aksincha, din-shariat buyurgan go‘zal amallarda musobaqalashish zarur ekan.
Mavzuga oid
22:39 / 11.06.2019
Kim bir musulmonning aybini yashirsa, Alloh uning ham ayblarini yashiradi
18:51 / 10.06.2019
Musulmon o‘z birodariga zulm qilmaydi, uni xorlamaydi va yolg‘on so‘zlamaydi
19:11 / 08.06.2019
“Kun hadisi”: “Qaysi biringiz bir yomonlikni ko‘rsa, uni qo‘li bilan tuzatsin...”
18:54 / 06.06.2019