Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zargarlik buyumlarini oyoq kiyimiga yashirish naf bermadi
Ma'lumki, O‘zbekistonga fuqarolar o‘z ehtiyojlari uchun 65 grammgacha zargarlik buyumlarini bojxona to‘lovlarisiz olib kirishga ruxsat etiladi. Ammo ushbu mahsulotlarni mamlakatga noqonuniy olib kirishga bo‘lgan urinishlar hamon uchrab turibdi.
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “S.Najimov” chegara bojxona posti xodimida shubha uyg‘otgan, qo‘shni davlatdan piyoda holda kirib kelgan fuqaro S.F. xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Natijada, uning oyoq kiyimining ichiga yashirilgan, yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan hamda og‘zaki so‘rovda ma'lum qilinmagan qiymati 4,5 million so‘mlik jami vazni 180 gramm bo‘lgan zargarlik buyumlarini borligi aniqlandi.
Shuningdek, “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan fuqaro A.Sh. xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilganida esa, uning egnidagi ko‘ylagining yeng qismiga yashirilgan, yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda ma'lum qilinmagan qiymati 63,6 million so‘mlik og‘irligi 318 gramm bo‘lgan zargarlik buyumlarini yashirincha olib kirishga bo‘lgan urinishi fosh qilindi.
Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
21:11 / 30.05.2026
Farg‘onada 1 mlrd 247 mln so‘mlik dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
08:34 / 22.05.2026
Qayta ishlangan mahsulotlarga bojxona imtiyozlari qo‘llanadi
18:32 / 15.05.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston bojxonachilari chegara postlaridagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi
12:01 / 01.05.2026