Jamiyat | 12:30 / 06.06.2019
11717
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda Amir Temur ko‘chasining bir qismi vaqtincha yopiladi

Toshkent shahrida kuzatiladigan yog‘ingarchilik oqibatida hududlarda suv to‘planib qolishining oldini olish maqsadida drenaj tizimlarini reja asosida yangilash va ta'mirlash ko‘zda tutilgan. 

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 6 iyun kuni Amir Temur shoh ko‘chasining Toshkentland bog‘idan Radisson mehmonxonasigacha bo‘lgan qismidagi drenaj quvurlari yangilanishi rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan yo‘lning mazkur qismi 6 iyun kuni kechki soat 23:00dan 7 iyun tonggi soat 6.00 gacha bo‘lgan vaqt davomida yopiladi. 

“Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz”, - deyilgan xabarda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid