O‘zbekiston | 12:10 / 26.07.2019
3262
2 daqiqa o‘qiladi

Abdulaziz Komilov Dominik Raabni tabrikladi

Dominik Raab / Foto: REUTERS

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining tashqi ishlar va hamjamiyat ishlari davlat kotibi Dominik Raabga lavozimga tayinlangani munosabati bilan tabrik maktubi yo‘lladi. 

«Sizni Tashqi ishlar va Hamjamiyat ishlari Davlat kotibi lavozimiga tayinlanganingiz bilan tabriklashdan bag‘oyat mamnunman.

Biz Sizni Buyuk Britaniyaning global roli va xalqaro nufuzini mustahkamlashga xizmat qilayotgan atoqli siyosatchi deb bilamiz.

Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi O‘zbekistonning Yevropadagi asosiy sheriklaridan biri hisoblanadi. Ishonchim komilki, bizning birgalikdagi sa'y-harakatlarimiz O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Fursatdan foydalanib, Siz janobi oliylariga o‘zimning eng ezgu tilaklarimni va yuksak hurmatimni izhor etaman», - deyiladi Komilovning TIV saytida e'lon qilingan tabrik maktubi matnida.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid