Jahon | 16:35 / 26.07.2019
11243
2 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston Tojikistonni chegaradagi hodisani birgalikda o‘rganishga chaqirdi

Foto: president.tj

Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashuvda chegarada yuz bergan hodisani birgalikda o‘rganishga chaqirdi.

"Afsuski, yaqinda chegaradosh hududda noxush hodisa yuz berdi. Biz uni birgalikda va xolisona o‘rganib chiqishimiz hamda kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun aniq choralar ko‘rishimiz lozim", - dedi Jeenbekov.

22 iyulda Tojikistonning Vorux va Qirg‘iziston Aksay qishloqlari aholisi o‘rtasida nizo chiqqan. Nizo chiqishiga qishloqlardan birida flagshtok o‘rnatilishi sabab bo‘lgan. Nizo vaqtida o‘qotar qurol qo‘llangan.  

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 23 iyulda yuz bergan otishma oqibatida 3 kishi, jumladan “Ak-Say” chegara bo‘linmasi boshlig‘i yaralangan.  

Aksay aholisi bilan uchrashuv vaqtida Tojikiston tomondan 2-3 marta o‘q uzilgan. Ta'kidlanishicha, harbiylardan biri oyog‘idan yaralangan.

Bishkek va Dushanbe 22 iyuldagi voqeadan keyin umumiy chegaraning bahsli hududlarini birgalikda patrullashga kelishib oldi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid