Jahon | 19:31 / 27.07.2019
19399
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyadagi eng xavfli yuqumli kasalliklar ma'lum qilindi

Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligining yuqumli kasalliklar bo‘yicha bosh mutaxassisi Yelena Malinnikova mamlakatning yoshi katta aholisi uchun eng jiddiy xavf bo‘lgan yuqumli kasalliklarini ma'lum qildi. Bu haqda RIA Novosti yozmoqda

Uning so‘zlariga ko‘ra, birinchi o‘rinda gepatit xastaligidir. 

«Bu bizning eng avvalgi muammolarimizdan biri. Garchi hozirda, davolashning zamonaviy usullari ustida tadqiqotlar olib borilayotgan bo‘lsa-da», - degan Malinnikova. 

Mulozimning aytishicha, ikkinchi xavfli yuqumli kasallik qizamiqdir. Ushbu xastalikni emlash orqali nazorat qilish mumkin bo‘lsa-da, u bilan kasallanish hollari ortib bormoqda. 

«Uchinchi hal qilinmagan, biroq hal qilish mumkin bo‘lgan muammo bu - OITS», - deya yakunlagan Malinnikova.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid