Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat bog‘chalarida bolalarni ovqatlantirish autsorsing usuliga o‘tkaziladi
Qaror bilan Davlat maktabgacha ta'lim muassasalarida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish tartibi hamda autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomlar tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy-axborot» Telegram-kanali ma'lum qiladi.
Ushbu muassasalarda autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil qilish maqsadida Maktabgacha ta'lim vazirligi tanlov o‘tkazadi.
Mazkur usulda ovqatlantirishni tashkil etish orqali tejalgan mablag‘ tarbiyalanuvchilarning ovqatlanish sharoitlarini yaxshilashga yo‘naltiriladi.
Qarorga ko‘ra, 2019—2020 o‘quv yilidan OTMlarda umumiy kvotalar doirasida «Umumiy ovqatlanish texnologiyasi va uni tashkil etish» yo‘nalishida mutaxassislar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.
Maktabgacha ta'lim muassasalari oshpazlari va oshpaz yordamchilari har 3 yilda bir marta sog‘lom ovqatlantirish yo‘nalishida malakasini oshiradi.
Mavzuga oid
11:53 / 25.02.2026
Farg‘ona bog‘chalaridagi zaharlanish: ta’minotchi korxona hokimlik imtiyozidan foydalangan
18:30 / 24.11.2025
Davlat kompaniyalari 20 ta xizmatni autsorsingdan olishi belgilandi
16:51 / 30.09.2025
Toshkent viloyatida shifoxonalarga yotqizilgan bolalarning deyarli barchasi uyga qaytdi
13:53 / 29.09.2025