Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navalniy hibsxonadan kasalxonaga olib ketildi
Muxolifatchi Aleksey Navalniy hibsxonadan 64-kasalxonaga olib ketildi. Unga «o‘tkir allergik reaksiya» tashxisi qo‘yilgan, deb xabar berdi uning matbuot kotibi Kira Yarmish Twitter sahifasida.
Uning yozishicha, Navalniyga tez yordamni hibsxona xodimlari chaqirgan. Hozirda unga kerakli tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Yarmishning qo‘shimcha qilishicha, muxolifatchining yuzi shishib, terisi qizarib ketgan, allergiya sababi aniqlanmagan.
24 iyulda Aleksey Navalniy kelishilmagan ommaviy tadbirda ishtirok etishga chaqirishda aybdor deb topilib, unga 30 kunlik hibsga olinish ko‘rinishida ma'muriy jazo tayinlangandi.
Navalniy Rossiya ma'muriy qoidabuzarliklar to‘g‘risidagi kodeksning “Yig‘ilish, namoyish, miting, yurish yoki piket qilishni tashkillashtirishning belgilangan tartib-qoidalarini takroran buzish” moddasi bo‘yicha aybdor deb topilgan.
Bayonnomaga ko‘ra, muxolifatchi 20 iyuldagi ruxsat berilmagan mitingda fuqarolarni 27 iyulda Moskva shahri dumasiga saylovlarga mustaqil nomzodlarning qo‘yilishi uchun o‘tkaziladigan aksiyada ishtirok etishga chorlagan.
Mavzuga oid
21:30 / 22.03.2023
Navalniy hamkasbi Mariya Pevchix xalqaro KQKF rahbari bo‘ladi
17:39 / 17.01.2023
«Rossiya - mening mamlakatim. Men zulmat chekinishiga ishonaman». Aleksey Navalniyning qamoqdan maktubi
23:41 / 22.12.2022
Navalniy jamoasi darknetda «maxfiy shtab-kvartira» ishini muvofiqlashtiruvchi sayt ochdi
21:45 / 02.10.2022