Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OTB O‘zbekistonga gidroelektrostansiyalar qurish uchun kredit ajratadi
Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) O‘zbekiston hukumatiga energetika balansini diversifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan umumiy quvvati 25 megavatt bo‘lgan gidroelektrostansiyalar qurish uchun 60 million dollar miqdorida kredit ajratilishini ma'qulladi.
"GES qurishda OTBning hamkorligi O‘zbekistonning yanada sof va barqaror energetik kelajakni ta'minlashiga yordam beradi", dedi OTBning Markaziy va G‘arbiy Osiyodagi energiya bo‘yicha mutaxassisi Seng Dak Kim.
Loyiha doirasida umumiy quvvati 25 MVt bo‘lgan uchta gidroelektrostansiya va umumiy quvvati 1 MVt bo‘lgan uchta mini / mikro GES quriladi. Mini/mikro gidroelektrostansiyalar suv resurslaridan, jumladan to‘g‘on yoki sug‘orish kanallaridan olinadigan ikkilamchi suvdan samarali foydalanishni ta'minlaydi hamda qishloq va olis tumanlarda muqobil elektr energiyasi manbalariga aylanishi mumkin.
Mamlakat gidroenergetikasini 2030 yilga kelib 1600 MVtgacha yetkazishga qaratilgan 2,6 milliard dollarlik davlat investitsiya dasturining amalga oshirilishini nazorat qilish bo‘yicha markaziy idora bo‘lgan "O‘zbekgidroenergo" aksiyadorlik jamiyati loyihani ijro etuvchi agentlik hisoblanadi. kiradi. Shuningdek, OTB butun loyiha davomida "O‘zbekgidroenergo"ning institutsional salohiyati va korporativ boshqaruvini yaxshilashga yordam beradi.
Umumiy qiymati 75,3 million dollarni tashkil etadigan loyiha 2023 yil oxiriga qadar yakunlanishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
07:23 / 05.05.2026
Prezident Samarqanddagi OTB yig‘ilishida muhim tashabbuslarni ilgari surdi
20:31 / 03.05.2026
Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi
17:27 / 18.11.2025
Prezident Osiyo taraqqiyot banki rahbari bilan hamkorlikni kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqdi
14:44 / 18.11.2025