Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: Otaxonni haqoratlagan Mirishkor tumani hokimi uzr so‘radi
Mirishkorda daladan ruxsatsiz makkajo‘xori tergan otaxonni ushlab, uni nevaralari oldida haqorat qilgan tuman hokimi Ravshan Komilov bu xatti-harakati uchun uzr so‘radi.
«Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlab, ularning mehnatini inobatga olgan olgan holda Ispaniya davlatidan makkajo‘xori urug‘ini olib keldik. Bir gektardan o‘n tonnadan makkasi tayyor turibdi.
Lekin tumanimizning eksport salohiyati haqida men qayg‘urmasam, kim qayg‘uradi? Hokim sifatida men buni ham o‘ylashim kerak, tadbirkorni ham o‘ylashim kerak.
To‘g‘ri, inson sifatida, jahl ustida fuqaroga nisbatan haqorat so‘zini ishlatib qo‘ydim. Hokim sifatida, rahbar sifatida bu so‘zni ishlatmasligim kerak edi. Shuning uchun xalqimizdan qo‘limni ko‘ksimga qo‘yib uzrimni so‘rayman. Bu xato-kamchiligimni boshqa qaytarmayman, deb va'da beraman», – deydi hokim Ravshan Komilov «Daryo» muxbiri Otabek Qo‘ldoshev bilan suhbatda.
Qayd etish joiz, Qashqadaryo viloyati prokuraturasi hodisa yuzasidan tekshiruv boshlagan.
Mavzuga oid
07:30 / 20.11.2024
Qashqadaryo viloyati ayrim hududlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi
18:39 / 10.04.2024
Qashqadaryo viloyatida zilzila sodir bo‘ldi
23:09 / 03.08.2023
Mirishkorda ko‘lda cho‘milayotgan profilaktika inspektori g‘oyib bo‘lgan. Prokuratura voqeani tekshirmoqda
16:27 / 20.08.2022