O‘zbekiston | 18:34 / 06.11.2019
2724
1 daqiqa o‘qiladi

Namanganda zamonaviy gemodializ markazi tashkil etiladi

Foto: Namangan viloyati hokimligi

Namangan viloyati hokimligi hamda Avstriyaning “SC Global Trade GmbH” kompaniyasi o‘rtasida Namangan shahrida zamonaviy gemodializ markazi tashkil etish bo‘yicha investitsion kelishuv imzolandi

Kelishuv 6 noyabr kuni viloyat hokimligida bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov hamda “SC Global Trade GmbH” kompaniyasi direktori Yuriy Chekalin tomonidan imzolandi.

Kelishuvga ko‘ra, Avstriya kompaniyasi Namangan shahrining “Dambog‘” mahallasida joylashgan eski endokrinologiya shifoxonasi bazasida zamonaviy gemodializ markazi tashkil etadi.

2021 yilda ishga tushishi rejalashtirilgan Markazda gemodializ usulida davolash, diagnostika va laboratoriya xizmatlari ko‘rsatiladi. Yangi gemodializ markazida tibbiyot xodimlari uchun 25 ta ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid