Jahon | 10:04 / 30.01.2020
4045
1 daqiqa o‘qiladi

Yevroparlament «Brekzit» bo‘yicha kelishuvni tasdiqladi

Foto: AFP

Yevroparlament 29 yanvardagi yig‘ilishida Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi bo‘yicha kelishuvni ratifikatsiya qildi. Bu haqda Yevroparlament saytida ma'lum qilindi.

Brexit bo‘yicha kelishuvni 631 nafar yevrodeputat qo‘llab-quvvatlagan, 49 nafari qarshi chiqqan, 13 nafar deputat betaraflik bildirgan. Hujjatning tasdiqlanishi uchun ko‘pchilik ovoz kifoya qilgan.

Bu ovoz berishdan oldin debatlar bo‘lib o‘tgan. Yevrodeputatlarning bir qismi yig‘ilishga Britaniya va Yevropa Ittifoqi ramzlari tushirilgan va “Hamisha birlashgan” yozuvli sharflarda kelishgan.

Yevropa Ittifoqi tomonidan “Brekzit” bo‘yicha keyingi va oxirgi qadam kelishuvning Yevrokengash tomonidan ma'qullanishi bo‘ladi. Kengash bu borada 30 yanvarda qaror qabul qilishi kutilmoqda.

24 yanvarda Yevropa Ittifoqi rahbariyati va Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Brexit bo‘yicha kelishuvni imzolagandi.

Britaniya 31 yanvarda Yevropa Ittifoqi tarkibini tark etadi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid