Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Falastin AQSh va Isroil bilan aloqalarni uzadi
Falastin milliy ma'muriyati rahbari Mahmud Abbos AQSh prezidenti Donald Tramp "asr kelishuvi"ni e'lon qilganidan so‘ng AQSh va Isroil bilan aloqalar uzilishini ma'lum qildi.
"Biz ilgari tuzilgan kelishuvlar va xalqaro huquqning inkor qilinishi sababli Isroil va AQShga Falastin ular bilan hech qanday aloqa qilmasligi to‘g‘risida maktub jo‘natdik", - dedi Abbos.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Falastin uchun "endi do‘st emas".
"Men tank sotib olishni emas, kasalxona qurishni ma'qul ko‘raman", - dedi Falastin rahbari.
28 yanvarda AQSh prezidenti Donald Tramp "asr kelishuvi" - Isroil va Falastin o‘rtasida tuziladigan kelishuv loyihasini e'lon qildi.
Mahmud Abbos bu rejani rad etdi hamda “asr kelishuvi” to‘g‘ri kelmaydi va xalqimiz uni tarixning chiqindi savatchasiga jo‘natadi”, dedi.
Mavzuga oid
21:33
Xitoyning o‘nlab kompaniyalari Pentagonning qora ro‘yxatiga kiritildi
18:31
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
15:12
Amerika biznesi O‘zbekiston loyihalariga qiziqishni kuchaytirmoqda - Saida Mirziyoyeva
13:13