O‘zbekiston | 11:31 / 24.04.2020
3502
2 daqiqa o‘qiladi

Endi elektron raqamli imzo sertifikatini masofadan turib olish mumkin

Ushbu davlat xizmatidan murojaat etuvchi hali elektron raqamli imzo sertifikatiga ega bo‘lmagan hollarda xam foydalanishi mumkin 

Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat xizmatlari agentligi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga elektron raqamli imzo kaliti va sertifikatini maxsus axborot resursi orqali berish mexanizmi joriy qilindi. 

DSQ xabariga ko‘ra, bunda ushbu davlat xizmatidan murojaat etuvchi hali elektron raqamli imzo sertifikatiga ega bo‘lmagan hollarda xam foydalanishi mumkin.

Murojaat etuvchining shaxsini tasdiqlash va so‘rovnomadagi ma'lumotlar to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshirish Davlat xizmatlari markazi operatori tomonidan quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

so‘rovnomada ko‘rsatilgan mobil telefon raqami murojaat etuvchiga tegishliligi;

murojaat etuvchining pasport nusxasi va selfi foto nusxasi orqali pasport ma'lumotlarining to‘g‘riligi;

murojaat etuvchining STIR orqali DSQ axborot tizimidagi ma'lumotlarni so‘rovnomadagi ma'lumotlar bilan solishtirish orqali tekshiradi.

Murojaat etuvchining shaxsini tasdiqlashda selfi foto juda muhim hisoblanadi. Bunda, ilova qilinayotgan fotosurat nusxada murojaatchi yuz qiyofasi “anfas” shaklda va tiniq ko‘ringan hamda pasportning asosiy sahifasi barcha simvollari o‘qib bo‘ladigan sifatda bo‘lishi shart.

Aks holda sertifikatni berishni rad etish to‘g‘risidagi xabarnoma beriladi. Murojaat etuvchi rad etish sabablarini bartaraf etgandan so‘ng, takroran murojaat etishi mumkin.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid