Jahon | 22:37 / 25.04.2020
5405
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniyaliklardan koronavirus tarqalish xavfi yo‘qolmagunicha uylarida qolish so‘raldi

Buyuk Britaniyada koronavirusdan vafot etganlar soni 20 mingdan oshdi, kasallikka chalinganlar 148 377 kishiga yetdi.

Foto: REUTERS / Simon Dawson

Buyuk Britaniya hukumati aholini koronavirus tarqalishi va yuqtirish xavfi yo‘qolmagunicha uylarida qolishda davom etishga chaqirdi. Britaniya ichki ishlar vaziri Priti Patel ana shunday murojaat bilan chiqdi. 

Patel koronavirus yuqtirganlar va qurbonlar soni kundan-kunga ortayotganini ta'kidladi. Uning aytishicha, mamlakatni inqirozdan olib chiqish uchun odamlar o‘zini o‘zi izolyatsiya qilishni davom ettirishi hamda hukumat va sog‘liqni saqlash vazirligi tavsiyalariga rioya qilishi kerak.

"Barchangizni kuchli bo‘lishga va quyidagi tavsiyalarga rioya qilishga chaqiraman: sog‘liqni saqlash tizimini himoya qilish va insonlar hayotini qutqarish uchun uyda qoling", - dedi u.

Buyuk Britaniyada koronavirusdan vafot etganlar soni 20 mingdan oshdi, kasallikka chalinganlar 148 377 kishiga yetdi. O‘tgan sutkada mamlakatda 813 kishi ushbu kasallikdan vafot etdi, bemorlar soni 4 913taga ko‘paydi.

Mavzuga oid