Jahon | 10:08 / 26.04.2020
15345
2 daqiqa o‘qiladi

Mercedes-Benz pandemiya sharoitida avtomobillarni mijozlarga yetkazish xizmatini yo‘lga qo‘ydi

Mercedes-Benz kompaniyasi yangi xizmatni yo‘lga qo‘ygani haqida e'lon qildi. Kompaniya internet-do‘koni orqali buyurtirilgan avtomobillarni mijozlarga kontaksiz yetkazib beradi.

Foto: Mercedes-Benz

Avtomobilning ko‘rsatilgan manzilga yetkazib berilishi uchun haq olinmaydi. Ushbu xizmat hozircha faqat Germaniyada yo‘lga qo‘yilgan. 

Mercedes-Benz koronavirus pandemiyasi sharoitida mashinalarni mijoz uyiga yetkazib berishga qaror qilgan oxirgi avtomobil kompaniyalaridan biri bo‘ldi. Pandemiya sababli kontaksiz savdoga deyarli barcha brendlar o‘tdi. 

Nemis kompaniyasining baholashicha, avtomobillarning onlayn xaridi 5 yildan keyin odatiy ko‘rinish oladi va har to‘rtinchi “Mersedes” uydan chiqmay xarid qilinadi. Kompaniya internet-do‘koni 2019 yil dekabrdan ommalashib, 400 mingga yaqin foydalanuvchini jalb qilishga ulgurdi. Umuman olganda, kompaniyaning onlayn-savdo xizmati ilk bor 2016 yil ishga tushirilgan.

Biroq ta'kidlash joiz, Mercedes-Benz’ning ushbu xizmati to‘liq kontaksiz hisoblanmaydi: mashina kaliti va hujjatlarni mijozlarga shaxsiy himoya vositalarida bo‘lgan xodim topshiradi.

Xaridorlar va avtosalonlar vakillari o‘rtasida umuman aloqasiz muomalani Geely va Tesla kompaniyalari yo‘lga qo‘ya oldi: bu kompaniyalar mashinalarining kalitlari AQSh va Xitoyda mijozlarga kvadrokopterlarda yetkazib berilmoqda. Britaniyada esa buning osonroq usulidan foydalanilmoqda: avtomobillarni yetkazish xizmati kalitlarni oldindan aytilgan maxsus joyda qoldirmoqda.

Mavzuga oid