Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident raisligidagi yig‘ilishda Sardobadagi hodisa oqibatlari tahlil qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatida yuz bergan favqulodda hodisa sababli ushbu hududda bo‘lib turibdi.

Davlat rahbari raisligida Guliston shahrida mutasaddi rahbarlar, huquq-tartibot idoralari mas'ullari, jamoatchilik vakillari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Tadbirda Sardoba suv ombori to‘g‘onining kutilmaganda ochilishi va uning oqibatlari atroflicha tahlil qilindi, tegishli xulosalar chiqarildi.
Aholi salomatligini saqlash, talafot ko‘rganlarga moddiy va ma'naviy yordam ko‘rsatish, ijtimoiy obektlar va qishloq xo‘jaligi maydonlarini tezroq tiklash bo‘yicha dolzarb masalalar muhokama qilinib, zarur chora-tadbirlar belgilandi.
«Bugun butun mamlakatimiz e'tibori Sardoba tumanidagi tabiiy ofat asoratlarini bartaraf etishga, suv toshqinidan aziyat chekkan yurtdoshlarimizga moddiy yordam ko‘rsatishga, ma'naviy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Olijanob va mehr-oqibatli xalqimiz hamjihat bo‘lib, Sirdaryoga oziq-ovqat, issiq kiyim-bosh va boshqa zarur mahsulotlar yuklangan ko‘mak karvonlarini yubormoqda», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.





Mavzuga oid
18:31 / 28.08.2025
Shavkat Mirziyoyev Xitoydagi harbiy paradda ishtirok etadi
17:40 / 28.08.2025
«Mana shu 30 yillikda yopiq davlat sifatida turganmiz» – muftiy O‘zbekistonning xalqaro aloqalari kengayayotgani haqida
21:09 / 27.08.2025
Shavkat Mirziyoyev yangi barpo etilgan «Toshkent-Sharqiy» aeroportini borib ko‘rdi
20:34 / 27.08.2025