Armaniston bosh vaziri mamlakatda koronavirusning ikkinchi to‘lqini boshlanganini e'lon qildi
Aprel boshida Nikol Pashinyan mamlakat koronavirusning avjga chiqish nuqtasidan o‘tganini aytgandi.
Armanistonda koronavirus sababli og‘ir vaziyat vujudga keldi, dedi mamlakat bosh vaziri Nikol Pashinyan.
"Aslida biz koronavirusning ikkinchi to‘lqiniga duch keldik", - dedi Pashinyan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumat tomonidan belgilangan chora-tadbirlar mavjud vaziyatga muvofiq keladi, ammo tartibga har doim ham amal qilinmayapti.
Aprel boshida Pashinyan mamlakat koronavirusning avjga chiqish nuqtasidan o‘tganini aytgandi.
26 may holatiga ko‘ra, Armanistonda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 7402ta holat qayd etilgan, 130 kishi vafot etgan.
Mamlakatda 13 mayga qadar favqulodda holat rejimi amal qiladi. Shu bilan birga, iqtisodiy faoliyatga nisbatan kiritilgan cheklovlar olib tashlandi, barcha korxonalar ishlamoqda.
Mavzuga oid
20:33 / 18.09.2024
Armanistonda davlat to‘ntarishiga urinishning oldi olindi
00:10 / 10.09.2024
Armaniston Yevropa Ittifoqi bilan vizasiz rejim bo‘yicha muzokaralarni boshladi
21:15 / 03.09.2024
FQB armanistonlik talaba Turkiya va Ozarboyjon elchixonalariga hujum uyushtirishni reja qilganini aniqladi
23:18 / 31.08.2024