07:55 / 11.06.2020
4625

Apple kapitallashuvi 1,5 trillion dollardan oshgan ilk kompaniyaga aylandi

AQShning Apple kompaniyasi bozor qiymati 10 iyunda 1,53 trln dollarga yetdi. 

Kompaniya shu tariqa kapitallashuvi 1,5 trln dollardan oshgan AQShning birinchi kompaniyasiga aylandi, deb xabar berdi MacRumors nashri.

Kompaniyaning bir dona aksiyasi 2 foizga oshib, rekord qiymatga – 352,05 dollarga yetgan. 

Ayni vaqtda bozorda kompaniyaning 4,3 mlrd aksiyasi mavjud.

Kompaniya aksiyalarining umumiy hajmi oxirgi yillarda kamaymoqda, chunki kompaniya ularni faol ravishda qayta sotib olmoqda. Bu bozorda qolayotgan aksiyalar oshishiga olib keladi. 

Mavzuga oid
Top