Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ish staji elektron tizimdagi ma'lumotlar asosida ham tasdiqlanadigan bo‘ldi
O‘zbekistonda ish stajini hisoblash tartibiga o‘zgartishlar kiritildi. Bundan tashqari, bolalikdan nogironlarga va 18 yoshga to‘lmagan OIV infeksiyasiga chalingan shaxslarga nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi ham o‘zgardi.
Vazirlar Mahkamasining 20 iyundagi qarori bilan, hukumatning ayrim qarorlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritildi.
Unga ko‘ra, Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida nizomga qo‘shimcha kiritilib, endilikda ish staji mehnat daftarchasidan tashqari «Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksida («YaMMT» IDAK) mavjud ma'lumotlar asosida ham tasdiqlanishi mumkinligi belgilandi.
Shuningdek, qaror bilan Bolalikdan nogironlarga va o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan OIV infeksiyasiga chalingan shaxslarga nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimcha qo‘shildi.
Unga ko‘ra, endilikda nafaqa tayinlash to‘g‘risidagi ariza nogiron bolaning, shuningdek 16 yoshga to‘lmagan OIV infeksiyasiga chalingan shaxsning tutingan ota-onasi tomonidan ham berilishi, shuningdek ushbu nafaqa tutingan ota-onaga ham to‘lanishi mumkin.
Mavzuga oid
19:39 / 17.01.2023
Yangi ish boshlagan yosh shifokorlarga 1 million so‘mgacha ustama beriladi
18:13 / 14.01.2023
O‘zbekistonda ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar oqibatida sodir bo‘lgan o‘lim holatlari soni ma’lum qilindi
13:12 / 19.11.2022
Jazoni o‘tash davrida mehnatga jalb qilingan mahbuslarga ish staji hisoblanishi mumkin
13:34 / 19.07.2022