Jahon | 21:54 / 27.07.2020
5863
1 daqiqa o‘qiladi

Ayo Sofiyada muntazam ravishda 500 nafar politsiyachi navbatchilik qiladi

Turkiya oliy ma'muriy sudi 10 iyul kuni Ayo Sofiya ibodatxonasini muzeyga aylantirish to‘g‘risida 1934 yilda qabul qilingan qarorni bekor qilgandi.

Foto: Reuters

Ayo Sofiya masjidida besh yuz nafar huquqni muhofaza qilish organi xodimi muntazam navbatchilik qiladi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ma'lum qildi.

"Bundan buyon Ayo Sofiyada huquqni muhofaza qilish organining 500 nafar xodimi doimiy navbatchilik qiladi", - dedi Erdo‘g‘an Anqaradagi chiqishi chog‘ida.

Turkiya oliy ma'muriy sudi 10 iyul kuni Ayo Sofiya ibodatxonasini muzeyga aylantirish to‘g‘risida 1934 yilda qabul qilingan qarorni bekor qilgandi.

Shundan so‘ng Erdo‘g‘an ibodatxonani masjidga aylantirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. 24 iyul kuni Ayo Sofiyada ilk namoz o‘qildi.

Ayo Sofiya ibodatxonasiga Vizantiya imperatori Yustinian I tomonidan asos solingan va 537 yilda ochilgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid