Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy poytaxtida koronavirusga chalingan birorta bemor qolmadi
Xitoy poytaxti Pekin shifoxonalaridan koronavirusga chalingan oxirgi ikki bemor chiqdi. Pandemiya boshidan beri birinchi marta Pekinning tibbiyot muassasalarida koronavirusga chalingan birorta bemor qolmadi. Bu haqda Pekinning gigiyena va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha qo‘mitasi ma'lum qildi.
Umuman olganda, Pekinda pandemiya davomida koronavirus bilan kasallangan 935 nafar bemor qayd qilingan. Ulardan 335 nafari iyunda “Sinfadi” ulgurji bozorida koronavirus tarqalishi vaqtida kasallangan.
Hozirda Pekinda epidemiologik nazoratning yengillashtirilgan choralari amal qilmoqda, ko‘chalarda niqob taqish avvalgidek shart emas. Biroq niqoblarsiz jamoat transportida yurish, do‘konlar, kinoteatrlar, davlat muassasalariga tashrif buyurish hamon taqiqlangan.
Pandemiya boshidan beri Xitoyda koronavirusga chalinganlar soni 85 mingga yetgan, ulardan 4,6 ming kishi vafot etgan. Hozirda Xitoy shifoxonalarida koronavirusga chalingan 347 nafar bemor qolmoqda.
Mavzuga oid
12:19 / 20.05.2026
«Bir-birimizga yordam berishimiz kerak» – Pekinda Putin va Si muzokaralari boshlandi
15:00 / 29.07.2025
Pekinda suv toshqinlari oqibatida 30 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
11:29 / 05.05.2025
O‘zbekistonda Pekin texnologiya instituti filiali ochilishi mumkin
13:12 / 11.12.2024