Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shotlandiyada dunyodagi eng qimmat qo‘chqor sotildi
Avvalgi rekord Shotlandiyaning Lanark shahrida 2009 yilda o‘rnatilgandi. O‘shanda dunyodagi eng qimmat qo‘chqor 231 ming funtga sotilgan.
Shotlandiyadagi Scottish National Texel Sale auksionida qo‘chqor 367,5 ming funt (qariyb 490,6 ming dollar)ga sotildi. Bu haqda Independent nashri xabar berdi.
Nashrning ma'lumot berishicha, Double Diamond ("Qo‘shaloq olmos") laqabli qo‘chqor teksel zotiga mansub. Uning boshlang‘ich narxi 10,5 ming funt (14 ming dollarga yaqin) bo‘lgan.
Uch nafar xaridor tomonidan taklif etilgan yakuniy narx dunyo rekordi bo‘ldi. Avvalgi rekord Shotlandiyaning Lanark shahrida 2009 yilda o‘rnatilgandi. O‘shanda dunyodagi eng qimmat qo‘chqor 231 ming funtga sotilgan.
Teksel zotiga mansub qo‘chqorlar Buyuk Britaniyada asosan a'lo sifatli go‘shti uchun yetishtiriladi. Aynan shu bois ularning narxi juda yuqori hisoblanadi.
Mavzuga oid
12:14 / 21.03.2026
Shotlandiyada atom suvosti kemalari bazasi yaqinida ikki kishi qo‘lga olindi
12:24 / 19.11.2025
Shotlandiyada drama. Yevropada JChning yana besh ishtirokchisi ma’lum bo‘ldi
07:20 / 24.07.2025
WSJ Trampning press-pulidan chiqarib tashlanadi
10:53 / 30.03.2025