Jahon | 17:57 / 29.08.2020
4343
1 daqiqa o‘qiladi

Uhan shahrida 1 sentyabrdan barcha maktablar ochiladi

Foto: China Daily via REUTERS

Xitoyning Uhan shahri mahalliy hukumati shahardagi 2842ta o‘quv muassasasi 1,4 million nafar o‘quvchi uchun o‘z eshiklarini ochishini e'lon qildi. Uhan universiteti esa dushanba kuni qaytadan ochildi.

Shuningdek, xavf darajasi o‘zgargan taqdirda, favqulodda onlayn ta'limga qaytish rejasi ishlab chiqilgan. Maktab o‘quvchilariga niqob taqish, iloji bo‘lsa jamoat transportidan foydalanmaslik tavsiya etiladi.

Maktablar zarur bo‘lmagan ommaviy yig‘ilishlarni cheklashi va sog‘liqni saqlash tashkilotlariga kundalik hisobotlarni taqdim etishi kerak.

Epidemiyaning boshlanish o‘chog‘i deya taxmin qilinayotgan Uhan shahri yanvar oyi oxirida ikki oydan ko‘proq muddatga yopilgan edi. Shaharda koronavirusdan 3869 kishi vafot etdi.

Uhanda 18 maydan beri koronavirusning yangi mahalliy yuqish holatlari qayd etilmagan.

 

Гулзода Иброҳимова
Tayyorlagan Гулзода Иброҳимова
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid