Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp AQSh Iroqdagi qo‘shinlarini qisqartirmoqchiligini tasdiqladi
AQSh prezidenti Donald Tramp Vashington Iroqdagi harbiylar sonini qisqartirishni rejalashtirayotganini ma'lum qildi.
Ta'kidlanishicha, amerikaliklar mintaqada 3500 harbiy qoldirmoqchi.
Avvalroq Tramp Yaqin Sharqdagi qo‘shinlar sonini qisqartirmoqchiligi haqida bir necha bor ta'kidlab o‘tgan. Bungacha esa u Afg‘onistondagi kontingentni qisqartirmoqchiligini ma'lum qilgandi. Uning ta'kidlashicha, noyabrda Afg‘onistonda 4-5 ming amerikalik harbiy qoladi. AQSh 2018 yilda Suriyadagi ixtilofda ishtirok etgan qo‘shinlari sonini qisqartirgan edi.
Tramp iyun oyida Germaniyadagi qo‘shinlar sonini ikki baravarga qisqartirishga va'da bergan. Keyinroq ushbu qo‘shinlarning bir qismi Polshada joylashtirilishi ma'lum bo‘lgandi.