Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Talabalar atoqli adiblarning ijodini o‘rganadi
Vazirlar Mahkamasi 24.08.2020 yildagi “Atoqli adiblar va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini yoshlar o‘rtasida targ‘ib qilish hamda Adiblar xiyobonidan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 502-son qarorni qabul qildi.
Hujjat bilan:
- Toshkent shahridagi Adiblar xiyobonidan samarali foydalanish va ta'lim muassasalarida adiblar ijodini o‘rganish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi;
- Adiblar xiyobonida haykallari o‘rnatilgan atoqli yozuvchi va shoirlarning hayoti va ijodini chuqur o‘rganish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha oliy ta'lim muassasalarini biriktirish ro‘yxati;
- Atoqli adiblar nomidagi maxsus stipendiyalar va ko‘krak nishonlari, 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab ular bilan taqdirlash mezonlari, stipendiyalarni to‘lash muddatlari va miqdori, ko‘krak nishonlarining tavsifi to‘g‘risidagi namunaviy nizom tasdiqlandi.
Norma’ning yozishicha, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligiga tizimida oliy ta'lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar bilan birgalikda biriktirilgan oliy ta'lim muassasalarida:
- bir oy muddatda biriktirilgan atoqli adiblarning hayoti va ijodini chuqur o‘rganish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha o‘quv-ma'rifiy tadbirlarni amalga oshiruvchi ijodiy guruhlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
- 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab, ilmiy-adabiy maslahatchi lavozimini joriy etish;
- 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab atoqli yozuvchi va shoirlarning hayoti va ijodini chuqur o‘rganish hamda targ‘ib qilishga boshqa oliy ta'lim muassasalarini ham jalb qilish choralarini ko‘rish topshirildi.
Shuningdek, qaror bilan ilmiy-adabiy maslahatchilarning vazifalari, chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash manbalari belgilangan.
Hujjat 25.08.2020 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
10:12 / 10.03.2026
Toshkentda Navro‘z munosabati bilan xalq sayillari tashkil etiladi
10:48 / 12.02.2026