Sport | 00:36 / 08.09.2020
5289
1 daqiqa o‘qiladi

Xames Rodriges «Everton» bilan shartnoma imzoladi

Foto: Twitter/Everton

«Everton» «Real» yarimhimoyachisi Xames Rodrigesni sotib olganini e'lon qildi.

Mersisaydliklar 29 yoshli kolumbiyalik bilan 2 yillik shartnoma imzolashdi. Bitimda uni yana bir yilga uzaytirish mumkinligi ko‘zda tutilgan.

Avvalroq futbolchining transfer narxi 25-30 mln yevroni tashkil etishi xabar qilingandi.

Xames o‘tgan mavsumda La Ligada 8ta o‘yin o‘tkazib, 1ta gol urgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid