Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
5ta viloyatda savdo zonalari tashkil etiladi
O‘zbekistonning chegaradosh hududlarida savdo zonalari yaratiladi. Bu haqda “O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy o‘sishni tiklash va tizimli tarkibiy o‘zgarishlarni davom ettirish bo‘yicha 2020-2021 yillardagi amaliy harakatlar rejasi”da aytilgan.
Qayd etilishicha, mashinasozlik sohasida respublikada avtotransport vositalarini ishlab chiqaruvchi barcha korxonalar uchun teng sharoitlar yaratilishini nazarda tutuvchi «Avtotransport vositalarini ishlab chiqarish sanoati to‘g‘risida»gi Nizomni qabul qilish mo‘ljallangan.
Qozog‘iston tajribasidan kelib chiqqan holda Ozarboyjon, Tojikiston va boshqa mamlakatlarda ham avtotransport vositalarining sanoat usulida yig‘ishni tashkil etish bo‘yicha ishlar jadallashtiriladi, elektromobillar bozorini rivojlantirish uchun zarur infratuzilmani yaratish bo‘yicha «maqsadli dastur» ishlab chiqiladi.
Shuningdek, «ERP» (ishlab chiqarish jarayoni va sotishni hisobini yuritish) zamonaviy avtomatlashtirilgan hisobot yuritish tizimini joriy etish, qishloq xo‘jaligi texnikalarining narxlarini pasaytirish maqsadida, metall prokat iste'moli uchun belgilangan standartlarni qayta ko‘rib chiqish, qishloq xo‘jaligi texnikalarining plastmassa qismlari, g‘ildirak disklarini ishlab chiqarish va metall quyish sexini tashkil etish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilgan.
Elektrotexnika mahsulotlarining eksportini oshirish maqsadida, chegaradosh hududlarda savdo zonalarini yaratish (Toshkent, Andijon, Farg‘ona, Samarqand, Surxondaryo viloyatlari) kutilmoqda.
Bundan tashqari, mis xomashyosini chuqur qayta ishlash hajmini 49 ming tonnagacha oshirish, misni chuqur qayta ishlash va yuqori qo‘shilgan qiymatga ega tayyor mahsulotni (elektrotexnika va boshqa sohalarda) ishlab chiqarish imkoniyatlarini yaratish maqsadida yangi investitsiya loyihalarini ishlab chiqish, ularni amalga oshirish uchun salohiyatli investorlarni jalb qilish hamda elektrotexnika sanoatidagi standartlarni xalqaro standartlar bilan muvofiqlashtirish ko‘zda tutilgan.
Avvalroq, import qilinayotgan tayyor elektrotexnika mahsulotlariga utilizatsiya yig‘imi joriy etilishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
10:25 / 09.06.2026
Toshkentda eng ko‘p aholi savdo sohasida band
08:16 / 02.06.2026
Top-10: dunyo savdosida eng katta ulushga ega davlatlar
09:02 / 12.03.2026
O‘zbekistonda xorijiy korxonalar asosan savdo sohasida faoliyat yuritmoqda
08:00 / 20.02.2026