O‘zbekiston | 09:10 / 11.09.2020
4215
2 daqiqa o‘qiladi

FHDYo bo‘limlarining xodimlari attestatsiyadan o‘tkaziladi

FHDYo organlarining Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi tizimida faoliyat yuritish tartibi belgilandi.  

1 apreldan boshlab FHDYo organlari hokimliklar tizimidan Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi tasarrufiga o‘tkazilgan. Idoraga ishni tizimli nazorat qilish, malakali kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, huquqni qo‘llash amaliyotini muvofiqlashtirish, FHDYoning yagona elektron arxivini yuritish va FHDYoning hududiy arxivlariga rahbarlik bo‘yicha funksiyalar yuklatilgan.
 
Norma’ning yozishicha, shu munosabat bilan:

a) Adliya vazirligi 2021 yil 1 yanvarga qadar tuman (shahar) FHDYo bo‘limlarining xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazadi;

b) FHDYo arxivlarida arxivarius lavozimi tugatiladi hamda 1 va 2-toifali inspektor lavozimlari joriy etiladi;

v) FHDYo organlari xodimlari mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shartlari bo‘yicha Davlat xizmatlari agentligining hududiy boshqarmalari bo‘limlari xodimlariga tenglashtiriladi, shu jumladan:

  • FHDYo organi mudiri – bo‘lim boshlig‘iga;
  • 1-toifali inspektor – bosh maslahatchiga;
  • 2-toifali inspektor – yetakchi maslahatchiga;

g) FHDYo xodimlarining hokimliklar tizimidagi ishlagan davri ko‘p yil ishlaganligi hamda quyidagi tarzda beriladigan martaba darajalari olish uchun ustamalar to‘lashga zarur bo‘lgan ish stajiga qo‘shiladi:

  • FHDYo bo‘limi va nikoh uyi mudiri – 3-darajali adliya maslahatchisi;
  • idoraviy FHDYo arxivi mudiri – 1-darajali yurist;
  • FHDYo organlarining 1-toifali inspektori – 2-darajali yurist;
  • FHDYo organlarining 2-toifali inspektori – 3-darajali yurist.

Bir oy muddatda:

  • tuman (shahar) FHDYo bo‘limlari tomonidan foydalanilayotgan bino va inshootlarning bir qismi, ularga tegishli jihozlar, inventarlar, hujjatlar va boshqa mol-mulklar Davlat xizmatlari agentligining hududiy boshqarmalariga beriladi;
  • Adliya vazirligi FHDYo organlarini malakali kadrlar bilan ta'minlash choralarini ko‘radi.

Hujjat 27.08.2020 yildan kuchga kirgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid