Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nizolarni hal qilishning suddan tashqari muqobil usuli yo‘lga qo‘yiladi
Senatning 7-yalpi majlisida «Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida»gi qonun muhokama qilindi.
Mazkur qonun O‘zbekistonda xalqaro tijorat arbitraj sudlarining faoliyatini tashkil etish va tugatish tartibini huquqiy tartibga solish, xalqaro tijorat arbitraj sudi faoliyatining asosiy prinsiplarini belgilash, shuningdek, xorijiy investorlar, milliy kompaniyalarning chet ellik hamkorlar bilan o‘zaro munosabatlarida ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish kabilarni nazarda tutadi.
Senator Abdulla Xursanov qonunning zarurati bo‘yicha tushuntirish berdi.
«Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida»gi qonun nizolarni ko‘rishda xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarning sarf-xarajatlarini qisqartirish, arbitraj hal qiluv qarorlarini tan olish va ijro etish mexanizmlarini belgilash, shu asosda xalqaro shartnomalarning nizoli masalalarini hal qilishda mamlakatning mintaqadagi obro‘sini oshirish uchun ham zarur hisoblanadi», deya senatorning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonda 11 mingdan ortiqroq xorijiy kapital kiritilgan korxonalar mavjud bo‘lib, «Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida»gi qonun ularning manfaatlariga xizmat qiladi.
«Bu qonunning amaliyotga tatbiq etilishi ham xorijiy, ham mahalliy investorlar uchun juda foydali bo‘ladi. Tadbirkorlarning vaqti, mablag‘i tejaladi. Ishonchi mustahkamlanadi. Sud tizimiga yuklama kamayadi. Mamlakatda biznes muhiti sog‘lomlashadi», dedi Senat raisi Tanzila Norboyeva.
Mazkur qonun senatorlar tomondina ma'qullandi.
Eslatib o‘tamiz, «Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida»gi qonun Senatning 3-yalpi majlisida muhokama qilingan, qator konseptual kamchiliklar tufayli rad etilgan edi. Keyinchalik Parlamentning ikki palatasi o‘rtasida kelishuv komissiyasi tuzilib, qonun loyihasi qayta tahrirdan o‘tkazilgan.
Mavzuga oid
08:33 / 05.06.2026
AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirish sari qadam tashladi
17:36 / 23.05.2026
O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasi MDH PA sessiyasida qator tashabbuslarni ilgari surdi
11:19 / 19.05.2026
Shartli ozod qilingan shaxslar ustidan nazorat kuchayadi
21:46 / 18.05.2026