Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Senatning yettinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi
Bugun, 11 sentabr kuni Oliy Majlis Senatining yettinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi.
Videokonferensaloqa shaklida o‘tayotgan majlis kun tartibiga 16ta masala kiritilgan.
Yalpi majlisda «Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida»gi, «Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida»gi, «Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash to‘g‘risida»gi, «Xalq deputatlari Kengashlari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida»gi, «Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlardan va o‘rmon fondi yerlaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi, «Byurokratik to‘siqlar yanada qisqartirilishi hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillari joriy qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari muhokama qilinishi nazarda tutilgan.
Shuningdek, bugun senatorlar Moliya vazirining O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2020 yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi to‘g‘risidagi axboroti eshitishadi.
Majlisda Toshkent viloyati Zangiota, Quyi Chirchiq, Yangiyo‘l va O‘rta Chirchiq tumanlari, Toshkent shahri Sergeli va Bektemir tumanlari, shuningdek, Toshkent viloyati va Toshkent shahri chegaralarini o‘zgartirish hamda Toshkent shahri tarkibida Yangihayot tumani, qolaversa, Namangan shahri tarkibida Davlatobod tumanini tashkil etish to‘g‘risidagi masalalar ham ko‘rib chiqiladi.
Ilmiy faoliyatni rivojlantirish uchun ko‘rilayotgan choralar holati hamda xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun yaratilgan shart-sharoitlar to‘g‘risida Hukumatga parlament so‘rovlari yuborish masalasi ham yalpi majlis kun tartibidan joy olgan.
Mavzuga oid
08:33 / 05.06.2026
AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirish sari qadam tashladi
17:36 / 23.05.2026
O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasi MDH PA sessiyasida qator tashabbuslarni ilgari surdi
11:19 / 19.05.2026
Shartli ozod qilingan shaxslar ustidan nazorat kuchayadi
21:46 / 18.05.2026