Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Cengiz Enerji kompaniyasi Toshkent viloyatida IES quradi
Qurilish ishlarini shu yil oxirigacha boshlab yuborish hamda qurilish boshlanganidan so‘ng 12 oydan kechiktirmay tayyor obektni ishga tushirish rejalashtirilgan.
Joriy yilning 10 sentabr kuni O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Turkiyaning Cengiz Enerji energetika kompaniyasi bilan o‘tkazilgan muzokaralar davomida Toshkent viloyatida quvvati 240 MVt bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasini qurish loyihasi doirasida dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabariga ko‘ra, mazkur loyiha bo‘yicha kelishuvga O‘zbekiston hukumat delegatsiyasining joriy yilning iyul oyida Turkiyaga amalga oshirilgan tashrifi davomida erishilgan.

IES qurilishi 150 mln dollargacha bo‘lgan miqdorda Turkiyaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish, qurilish paytida 500 yangi ish o‘rinlari va IESdan foydalanish vaqtida 100 ish o‘rinlari yaratish, yiliga 2 milliard kVt.s miqdorida arzon elektr energiyasini ishlab chiqarishni ta'minlash imkonini beradi. Bu, o‘z navbatida, respublika energiya balansini diversifikatsiya qilish va elektroenergiya ishlab chiqarishga sarflanadigan tabiiy gaz iste'molini sezilarli darajada kamaytirish uchun imkoniyatlar yaratadi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Cengiz Enerji va Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi o‘rtasida Investitsion bitim, shuningdek, “O‘zbekiston Milliy elektr tarmoqlari” AJ bilan turk kompaniyasidan 25 yil muddatga elektr energiyasini sotib olish bo‘yicha Bitim imzolandi.

Qurilish ishlarini shu yil oxirigacha boshlab yuborish hamda qurilish boshlanganidan so‘ng 12 oydan kechiktirmay tayyor obektni ishga tushirish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
11:50 / 08.06.2026
Toshkent viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
09:15 / 08.06.2026
Barcha hokimlar Toshkent viloyati tajribasini o‘rganmoqda
08:27 / 22.05.2026
Bekobodda “bangixona” tashkil qilgan jinoyatchilar fosh etildi
08:26 / 16.05.2026