O‘zbekiston | 11:41 / 12.09.2020
19595
2 daqiqa o‘qiladi

«Yo‘lqurilish» aksiyadorlik jamiyatiga rahbar tayinlandi

“Yo‘lqurilish” AJ yagona aksiyadorining 2020 yil 11 sentyabrdagi qarori bilan Ruslan Yerniyazov mazkur jamiyat boshqaruv raisi etib tayinlandi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ruslan Yerniyazov

Davlat rahbarining 2019 yil dekabrdagi tegishli hujjatlariga ko‘ra, “Yo‘lqurilish” aksiyadorlik jamiyati tashkil etilishi belgilangan. Shunga muvofiq, joriy yil Davlat aktivlarini boshqarish agentligining tegishli buyrug‘iga asosan, “Yo‘lqurilish” AJ tashkil etilgan. Uning yagona aksiyadori sifatida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi belgilangan. 

Shuningdek, yagona aksiyadorning qarori bilan jamiyat kuzatuv kengashi tarkibi ham tasdiqlandi:

Sunatulla Bekenov – Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori;

Shuhrat Nazarov – Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari;

Nozimjon Xolmurodov – Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari;

Akmal Abidov – Vazirlar Mahkamasi bosh mutaxassisi;

Nodir Arzikulov – Davlat aktivlarini boshqarish agentligi departament boshlig‘i.

Ushbu tarkibda tasdiqlangan kuzatuv kengashining birinchi majlisida a'zolarning ko‘pchilik ovozi bilan kengash raisi etib Sunatulla Bekenov saylandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish