Bugun, 1-oktabr kuni soat 16:00 da to‘liq ta'mirlash hamda GRP ishlaridan so‘ng Qirqquloch-1 qudug‘idan uglevodorodlarning sanoat ko‘lamidagi oqimi olindi.
2 oktabr kuni esa quduq tozalangach, olinayotgan gazni respublika iste'molchilariga yetkazib berish uchun u asosiy gaz quvuriga ulanadi. Barcha ishlar sanitariya-epidemiologiya talablari hamda ekologiya mezonlariga qat'iy rioya qilingan holda bajarilmoqda.
Epsilon Matbuot xizmati