Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Afv etilgan fuqarolar majburan ishga joylashtirilmaydi» - vazir
«Agar fuqaro afv etilgan bo‘lsa, o‘z xohishiga ko‘ra ishlashi yoki tadbirkorligini davom ettirishi mumkin. Uning hayotiga aralashishga hech kimning haqqi yo‘q», – dedi mahalla vaziri Rahmat Mamatov.
Bugun, 24 dekabr kuni Ichki ishlar vazirligida Oliy Majlis Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining majlisi bo‘lib o‘tdi.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, unda afv etilgan shaxslarning ijtimoiy hayotga moslashuviga ko‘maklashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan vazirliklarning axborotlari eshitildi.
Jurnalistning «Afv etilib jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan fuqarolarning ijtimoiy hayotga moslashuvi ixtiyoriy bo‘ladimi, ular ma'lum sabablarga ko‘ra davlat tashkilotlari bilan bu borada hamkorlik qilishni xohlamasa, bunga majburlanmaydimi?” degan savoliga mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov quyidagicha javob berdi:
«Fuqarolarning erkinligi Konstitutsiya bilan belgilangan, fuqarolar jazo muddatini o‘tab kelganidan so‘ng hech kimni ularni majburiy ishlashga va itoat ettirishga haqqi yo‘q. Agar jazoni o‘tab chiqish davomida sodir etgan xatti-harakati uchun sud tomonidan belgilangan 6 oylik yoki 1 yillik muddat bo‘lsa, unda profilaktika inspektori tomonidan nazorat qilinadi.
Agar fuqaro afv etilgan bo‘lsa, o‘z xohishiga ko‘ra ishlashi yoki tadbirkorligini davom ettirishi mumkin. Uning hayotiga aralashishga hech kimning haqqi yo‘q».
Ichki ishlar vazirligi boshqarma boshlig‘i Bahrombek Odilovning aytishicha, afv etilganlarga biriktirilgan barcha idora va tashkilotlarning hammasi ko‘maklashuvchi hisoblanadi.
«Bizda unaqa [aralashish] niyati yo‘q, maqsad-muammosiga yordam berish. Ular kelganidan keyin oiladagi muammosi bor, shu bo‘yicha qo‘ldan kelgancha yordam berish, maqsad ertaga qayta jinoyat sodir etmasin», — dedi Bahrombek Odilov.
«Bundan bir-ikki yil avval hokimliklar afv etilganlarga yordam berishda homiy topolmay qiynalardi, bu yil prezidentimiz tomonidan juda katta mablag‘lar ajratilmoqda. Shuning uchun muammolar bo‘lmayapti. Avvalgi tergov yoki boshqa ish jarayonlarida ozgina nohaqliklar bo‘lgan bo‘lishi mumkin, shuning uchun IIV va boshqa tashkilotlardan xafa bo‘lib, menga hech nima kerak emas deydiganlar ham bor.
Ularning oldiga boradigan ishchi guruhimiz psixolog bo‘lib ketgan, ular majburlanmaydi, balki qiladigan ishiga yordam beriladi yoki hunariga mos uskuna olib beriladi. Davlat soliq inspeksiyasi tomonidan bir yilga pul to‘lab o‘zini-o‘zi band qilganlik asosida mehnat staji yoziladi. Uy-joyida muammosi bo‘lsa, davlat 25 foizini to‘lab beradi, qolgan 25 foizini o‘zi qo‘shib imkoniyati bo‘lsa uy olishi mumkin. Ishchi guruhning maqsadi ham shu, bunday fuqarolarga yordam berish, majburiy narsa yo‘q bu yerda», — dedi ichki ishlar vazirligi boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Mirjamol Miralimov.
Ma'lum qilinishicha, 2020 yilda prezidentning tegishli farmonlari bilan 512 nafar fuqaro afv etilgan. Ularning 316 nafari jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan, 196 nafarining jazo muddati qisqartirilgan, ozod etilgan 6 nafar chet el fuqarosi O‘zbekiston hududidan chiqarib yuborilgan.
Mavzuga oid
10:18 / 19.03.2026
O‘zbekistonda 392 nafar shaxs afv etildi
19:23 / 28.02.2026
Komil Allamjonovga suiqasd ijrochilaridan biri qamoqxonada vafot etdi. U joniga qasd qilgani aytilyapti
15:09 / 07.01.2026
Ishga joylashtirish bo‘yicha hukumatlararo kelishuvlar soni oshiriladi
16:54 / 25.12.2025