Sport | 18:08 / 13.03.2021
13074
5 daqiqa o‘qiladi

Angliyada London derbisi, Italiyada «Milan» Gattuzoga qarshi. Hafta o‘yinlari anonsi

Ushbu haftaning dam olish kunlari Yevropada bir qator qiziqarli o‘yinlar o‘tkaziladi. Angliyada London derbisi kuzatilsa, Italiyada Gattuzoning «Napoli»si «Milan»ga qarshi o‘ynaydi. Quyida haftaning e'tiborli o‘yinlari bilan tanishing.

A Seriya. 27-tur.

13 mart (shanba)

JYeNOA – UDINeZe

O‘yin boshlanish vaqti: 00:45

TV-translatsiya: FutbolTV

Shanba kungi o‘yinlar orasida o‘zbekistonlik muxlislarning asosiy e'tibori Italiya A Seriyasi doirasidagi «Jyenoa» - «Udineze» bahsiga qaratiladi. Ushbu bahsda Eldor Shomurodov o‘yinni asosiy tarkibda boshlashi kutilmoqda. Turnir jadvalida deyarli yonma-yon – 13 va 11-o‘rinlarni egallab turgan Genuya va Udine klublari o‘rtasidagi to‘qnashuv murosasiz o‘tishi aniq. «Jyenoa» o‘z maydonida ketma-ket 7 o‘yindan buyon mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan bo‘lsa, «Udineze» oxirgi 4 uchrashuvda ikki g‘alaba va ikki durang qayd etdi. Ballardini jamoasi bu bahsda asosiy raqobatchilaridan biriga yaqinlashib olish imkoniyatini qo‘ldan boy bermaslikka intiladi.

APL. 29-tur.

14 mart (yakshanba)

ARSeNAL – TOTTeNHEM

O‘yin boshlanish vaqti: 21:30

TV-translatsiya: G‘utbolTV/UzReportTV

Joriy mavsumda ham o‘ziga o‘xshamayotgan London klublari bu turda o‘zaro to‘qnash kelishadi. Ashaddiy raqiblar o‘rtasidagi bahs jamoalarning qaysi o‘rinda borayotganidan qat'i nazar har doim murosasiz o‘tadi. Mourino jamoasi so‘nggi o‘yinlarda Garet Beylning nihoyat «uyg‘onganligi» sababli qator g‘alabalarga erishdi va turnir jadvalida «Liverpul»dan o‘zib, 45 ochko bilan 7-o‘ringa ko‘tarildi. Mikel Arteta jamoasi esa Obameyangning faolligiga qaramay, muhim ochkolarni yo‘qotishda davom etmoqda. Natijada klub 38 ochko bilan o‘nlikda yuribdi. Bu safargi London derbisidagi g‘alaba orqali «kanonirlar» «taqachilar»ga yaqinlashib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Aks holda Arteta jamoasi o‘nlikni ham tark etishi, Mourino klubi esa beshlikka qaytishi mumkin.

APL. 29-tur.

14 mart (yakshanba)

MANCheSTeR YuNAYTeD – VeST HEM

O‘yin boshlanish vaqti: 00:15

TV-translatsiya: G‘utbolTV/UzReportTV

Jyessi Lingardni «Manchester Yunayted»dan ijaraga olgan Devid Moyyes «Vest Hem» bilan allaqachon to‘rtlik uchun kurashmoqda. London klubi Chempionlar ligasida qatnashish maqsadini yashirmayapti. Moyyes murabbiyligidagi londonliklar ushbu turda «Old Trafford» mehmoni bo‘ladi. Shotlandiyalik mutaxassis «Manchester Yunayted» bilan o‘yinda ham sobiq jamoasiga hozirgi natijalari tasodif emasligini isbotlashga urinishi tabiiy. «MYu» esa «Manchester Siti» va «Milan»ga qarshi bahsdan keyin «Vest Hem»dek jismonan baquvvat futbolchilarga ega jamoani mag‘lub etishi oson bo‘lmaydi. Aksiga olib yakshanba oqshomidagi o‘yinda Markus Reshford va Edinson Kavani singari hujumchilarning jarohati sababli Sulsher jamoasiga yordam bera olishi so‘roq ostida qolmoqda.

A Seriya. 27-tur.

14 mart (yakshanba)

MILAN – NAPOLI

O‘yin boshlanish vaqti: 00:15

TV-translatsiya: G‘utbolTV/UzReportTV

«Milan» esa Manchester safaridan keyin o‘z maydonida raqobatchilaridan biri «Napoli»ni qabul qiladi. Jyennaro Gattuzo o‘zi uchun qadrdon bo‘lgan «San Siro»da sobiq jamoasiga ochko ulashish niyatida kelayotgani yo‘q. «Napoli» Milanga faqat uch ochko va Chempionlar ligasiga yo‘llanma olish harakatida keladi. Gattuzo jamoasi bir o‘yin zaxiraga ega bo‘lgan holda 47 ochko bilan 6-o‘rinda borayotgan bo‘lsa, Pioli shogirdlari esa 56 ochko bilan 2-o‘rindan joy olgan. «Milan» bu bahsda ham Ibrahimovichsiz to‘p sursa-da, ochko yo‘qotishga haqqi yo‘q. Aks holda asosiy raqobatchisi «Inter» orqaliq masofani 6 ochkodan yana ko‘proqqa oshirishi ehtimoli katta.

Boshqa o‘yinlar:

13 mart (shanba)

Lids – CheLSI (16:30), Verder – BAVARIYa (19:30), ReAL – Elche (20:15), BORUSSIYa D – Herta (22:30), Xetafe – ATLeTIKO (01:00), Fulhem – MAN.SITI (01:00),

14 mart (yakshanba)

LeSTeR – Sheffild (19:00), Torino – INTeR (19:00), Parma – ROMA (19:00), LeYPsIG – Ayntraxt (19:30), MONAKO – Lill (21:05), Kalyari – YuVeNTUS (22:00), PSJ – Nant (01:00).

15 mart (dushanba)

Vulverhempton – LIVeRPUL (01:00), BARSeLONA – Ueska (01:00). 

Усмон Ибодов
Tayyorlagan Усмон Ибодов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid