Buxoro shahar bandlik markazida budjet pullari talon-toroj bo‘ldi
Buxoro shahar aholi bandligiga ko‘maklashish markazi mansabdor shaxslari qariyb 135 million so‘m budjet mablag‘larini talon-toroj qilishda gumonlanmoqda.
Bosh prokuratura departamentidan xabar berishlaricha, markaz mansabdor shaxslari va boshqalar oldindan til biriktirib, o‘zlari hamda yaqin tanishlarining nomiga 5 ta xo‘jalik yurituvchi sub'yekt tashkil qilishgan.
So‘ngra ishsiz fuqarolar payvandlash, tikuvchilik va sartaroshlik kasblariga o‘qitilgani va ularga stipendiyalar tayinlangani yuzasidan hujjatlar soxtalashtirgan.
Shuningdek, ishsiz fuqarolarga ajratiladigan issiqxona sellofanlari va ko‘chatlarni yetkazib bermasdan, 134,2 mln so‘m budjet mablag‘lar rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilingan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
22:36 / 20.12.2024
Qashqadaryoda isitish tizimidagi ta’mirlashda salkam 1 mlrd so‘mni talon-toroj qilgan MChJ aniqlandi
19:59 / 17.12.2024
Qoraqalpog‘istonda 1 mlrd so‘mlik ko‘mir talon-toroj qilingani aniqlandi
17:03 / 15.12.2024
Buxoroda haydovchi mast holda avtobus boshqarib, odam tashiyotganda ushlandi
08:00 / 05.12.2024