Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abu Muin Nasafiy majmuasi direksiyasi tashkil etiladi
Vazirlar Mahkamasining «Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanidagi Abu Muin Nasafiy majmuasini boshqarish va obodonlashtirish direksiyasini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Norma’ning yozishicha, direksiyani tashkil etishdan maqsad – Abu Muin Nasafiy ilmiy merosini o‘rganish va keng targ‘ib etish, majmua boshqaruvini tashkillashtirish hamda yaxshilash.
Direksiya Madaniyat vazirligining Qashqadaryo viloyati Madaniyat boshqarmasi tarkibida DUK shaklida tashkil etiladi.
Quyidagilar direksiyaning asosiy vazifalari etib belgilandi:
- islom ilm-fani, xususan, aqida ilmi rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan Abu Muin Nasafiy ilmiy merosini o‘rganish va keng targ‘ib etish;
- buyuk allomalar hayoti va ilmiy merosi haqida xalqchil va ommabop risolalar nashr etish;
- majmuadagi maydonlar, ko‘chalar, parklar, favvoralar hamda boshqa tashqi obodonlashtirish obektlarini saqlash va ulardan foydalanish ishlarini o‘z vaqtida va sifatli tashkil etish;
- ko‘kalamzorlashtirish obektlarini saqlash va ulardan foydalanish bo‘yicha zarur tashkiliy-agrotexnik ishlarni amalga oshirish;
- ignabargli va manzarali o‘simliklar qimmatli turlarini saqlash, ularni parvarishlash, joylashtirish hamda saqlab qolish ishlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etish, yashil maysalarni saqlash, ularning zararkunandalariga va kasalliklariga qarshi kurashishga doir kompleks agrotexnika tadbirlarini, xizmat ko‘rsatiladigan hududni yanada ko‘kalamzorlashtirish va obod qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
- zamonaviy asbob-uskunalar va texnologiyalarni joriy etgan holda, tashqi yoritish tarmoqlari, sun'iy sug‘orish va favvoralar tizimlarini saqlash va ulardan foydalanish.
Qashqadaryo viloyati hokimligiga majmua hududida joylashgan o‘simliklarning qimmatli turlari, favvoralar va boshqa obektlarni xatlovdan o‘tkazish va direksiya ixtiyoriga o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruhi tashkil etish topshirildi.
Quyidagilar direksiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilandi:
- Qashqadaryo viloyati mahalliy budjeti;
- direksiya asosiy faoliyatidan tushadigan mablag‘lar, shu jumladan tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar;
- xayriya mablag‘lari;
- qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Mavzuga oid
17:18 / 08.06.2026
Qashqadaryodagi portlashda 6 kishi halok bo‘lgan
15:27 / 08.06.2026
Qashqadaryoda gaz quyish shoxobchasida portlash ro‘y berdi
10:35 / 10.03.2026
Qarshi tumaniga yangi hokim tayinlandi
12:10 / 27.09.2025